14:39 / 26.04.2021
1 617

Vasiliy Lomachenkoning jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi


Professional boks olamida taniqli nomlardan biri hisoblangan 3 vaznda sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. U 26 iyun kuni yaponiyalik Masayoshi Nakataniga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Las-Vegas shahridagi "Virgin Hotel" mehmonxonasining sport arenasida bo‘lib o‘tadi.

Lomachenko (14-2, 10KO) 2020 yil oktabr oyida Teofimo Lopesdan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng, hali ringga ko‘tarilgani yo‘q. 33 yoshli ukrainalik hamon o‘z divizionida 2-raqamli bokschi sifatida e’tirof etilmoqda.

Nakatani (19-1, 13 KO) esa, Lomachenko uchun xavfli raqib bo‘lishi kutilmoqda. U mazkur diviziondagi eng bo‘yi baland va gavda tuzilishi yirik bo‘lgan jangchilardan biri. Nakatani 2019 yil dekabr oyida Teofimo Lopes bilan jangda 12 raund davomida anchagina qiyinchilik tug‘dira olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vasiliy Lomachenkoning jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi