00:20 / 27.04.2021
2 345

"Al Hilol" bosh murabbiyi: "Biz boshqa yutqazmaymiz"


Ertaga Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan AGMK - "Al Hilol" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Bugun har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani  tashkil etildi. "Al Hilol" bosh murabbiyi Rojerio Mikale o‘yindan oldin quyidagi fikrlarni bildirdi.

- "Biz diqqatni bir joyga jamlab faqat ertangi o‘yinga e’tibor qaratishimiz lozim. O‘tgan tur yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradik va xatolardan kerakli xulosalarni chiqardik. AGMK bilan dastlabki turda o‘ynab ko‘rdik, bu jamoani juda yaxshi bilamiz. Ertaga bo‘lib o‘tadigan bahsda avvalgi xatolar takrorlanmaydi". 

- "Ishontirib aytamanki, biz boshqa yutqazmaymiz. Jamoamizda OCHLda o‘ynash bo‘yicha tajriba yuqori va bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Maqsadimiz esa o‘sha-o‘sha: birinchi navbatda guruhdan chiqish".

- "Bosh murabbiy sifatida mening vazifam futbolchilarga boshqa xato qilmaslikni o‘rgatish, chunki futbolda kam xato qilgan jamoa g‘alaba qozonadi. Muxlislarimiz bizdan xafa ekanini juda yaxshi tushunib turibman. Lekin ertaga boshqacha o‘yin bo‘ladi va biz diqqatni bir joyga jamlagan holda kurash olib boramiz", - deydi braziliyalik mutaxassis.

Matbuot anjumanida "Al Hilol" ustoziga jamoa yetakchilaridan biri Karrilo hamrohlik qildi. Bu futbolchi shunday dedi:
- "Futbolchi sifatida bizga katta bosim bo‘layotganini his qilib turibmiz. Shu bois ertangi bellashuvda ijobiy natija qayd etsak, hammasi yana iziga tushishiga ishonaman. Biz katta jamoamiz, shu bois bosimni yengib o‘tgan holda g‘alaba qozonishimiz kerak. Avvalgi o‘yindagi mag‘lubiyat umuman kutilmagan bo‘ldi. Futbolchilar vaziyatni to‘g‘rilash borasida o‘zaro gaplashib oldik. O‘ylaymanki, ertaga hammasi yaxshi bo‘ladi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Hilol" bosh murabbiyi: "Biz boshqa yutqazmaymiz"