23:23 / 26.04.2021
2 625

Piter Xyuistra jamoaning OCHL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi


"Traktor" - "Paxtakor" o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng toshkentliklar ustozi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Murabbiyning fikricha, yetakchilarning jamoani tark etishi guruhda qolib ketishiga sabab bo‘lganini aytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Natijadan xafamiz. Futbolchilar g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Imkon qadar gol urishga harakat qildik, ammo bu samara bermadi. Raqib darvozaboni ajoyib seyv namoyish etdi. Endi so‘nggi o‘yinni yutishga intilamiz. Mavsum hali davom etadi, xatolardan xulosa chiqaramiz.

O‘tgan yili shakllangan jamoaga ega edik. Safimizni 4-5 nafar yetakchi futbolchilar tark etgani ta’sir ko‘rsatdi. Lekin yoshlar bilan yana yaxshi darajaga ko‘tarila olamiz. Iqtidorli yoshlarimiz tajriba to‘plashmoqda. Ularning mahorati o‘sib bormoqda. Biz bu qiyinchilikni yengib o‘tishimiz kerak, ushbu jamoani yuqoriroq saviyaga olib chiqishimiz zarur. Biz o‘z falsafamizga mos, hujumkor futbol o‘ynayapmiz. Lekin ba’zi jihatlar borasida bog‘lamni yaxshilash lozim. Hozir ham bir necha bahsda g‘alabaga yaqinroq edik, - dedi Piter Xyuistra.

Sanjar Quvvatov: - O‘yin qiyin kechdi, chunki yigitlarda ketma-ket bahslardan keyin charchoq sezilmoqda. Yutuqqa erishish uchun harakat qildik, ammo raqib posboni juda ajoyib o‘ynadi. Hamkasbimni olqishlayman. Ushbu musobaqada bizga omad ham yetishmadi. Ba’zi uchrashuvlarda g‘alabaga haqli bo‘lgandik. Raqiblardan ko‘proq imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Turnir men uchun ham, jamoa uchun ham ancha og‘ir bo‘ldi. Endi so‘nggi bellashuvda zafar quchishni intilamiz. Mavsumning qolgan qismida ushbu xatolardan xulosa qilgan holda yaxshi o‘ynashga urinamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra jamoaning OCHL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi