04:29 / 28.04.2021
2 088

"Al-Hilol" "Istiqlol"ning alamini AGMKdan oldi


OCHL 5-turidan o‘rin olgan AGMK - "Al-Hilol" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin olmaliqliklarning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
O‘tgan turda "Al-Hilol" "Istiqlol" bilan bahsda sensatsion tarzda 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu g‘alaba bilan esa ular o‘sha mag‘lubiyatning alamini olishdi.
Bahsning 39-daqiqasida arabistonliklar vakili Lusiano Viyetto o‘z goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 47 hamda 58-daqiqalarda Gomis hamda Al-Shahroni gol urib, hisobning yiriklashishini ta’minladi. Shu tariqa, "Al-Hilol" "Istiqlol"dan uchralgan mag‘lubiyat alamini AGMKdan oldi hamda turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi.
AGMK esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Oxirgi turda vakillarimiz Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan to‘qnash keladi.

AGMK - "Al Hilol" 0:3
Gollar:
Vetto (39, 0:1), Gomis (47, 0:2), Shahroni (58, 0:3).
AGMK (4-2-3-1) — 1.Botirali Ergashev - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 15.Abbos Otaxonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich (5.Dilshod Jo‘rayev, 57), 17.Sanjar Tursunov (4.Mirjamol Qosimov, 67) - 11.Murod Toshmatov, 22.Sanjar Shoahmedov, 10.Husniddin G‘ofurov (19.Sheroz Jalolov, 70) - 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 46).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 35.Valijon Rahimov - 21.Sanjar Jumaboyev, 28.Shohruh Gadoyev, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 94.Elvin Fortes
"Al Hilol": 1. Abdulloh al-Mayuf, 2. Muhammad al-Burayk, 5. Ali al-Bulayhi, 8. Abdulloh Otayf, 10. Lusiano Vetto, 12. Yosir al-Shahroni, 16. Nosir al-Davsari, 18. Bafetimbi Gomis (11. Solih al-Shehri, 67), 19. Andre Karilo, 20. Jang Xyun-Su, 28. Muhammad Kanno.
Zaxiradagilar: 31. Habib al-Vatyan, 22. Amir Kurdi, 23. Madallah al-Olayan, 26. Favaz al-Terais, 27. Xatan Baxbri, 44. Saad al-Nossir, 49. Abdulloh Hadi Radif, 70. Muhammad Jahfali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al-Hilol" "Istiqlol"ning alamini AGMKdan oldi