17:25 / 28.04.2021
2 272

Davron Fayziyev: Milliardlar jangi, yulduzlar jangi, orzular jangi


Bugun UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda PSJ "Manchester Siti" bilan kurash olib boradi. Ushbu bellashuv haqida taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziyev quyidagicha fikr bildirdi:

"Chempionlar ligasi. Yarim final. PSJ - "Manchester Siti". Bu oddiy o‘yin emas. Bilasiz, ikkala klub rahbarlari arab shayxlaridir. Sitida amirliklardan shayx Mansur. PSJda Qatar amiri Hamad Al Tanining yaqin ishonchli vakil Nasser Al Xelayfi. Bu yerda qanday prinsipiallik borligi haqida ortiqcha gapirish shart emas. Ikkala klub ulkan mablag‘lar evaziga Yevropada top darajaga chiqib oldi.

Chempionatlarida gegemonlik qildi. Biroq, shuncha yillardan beri Chempionlar Ligasi armon bo‘lib kelmoqda. Bu yilgidek imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. To‘g‘ri, PSJ o‘tgan yili ham finalgacha chiqdi, ammo finalda to‘xtatib bo‘lmas mashina bo‘lmish "Bavariya"ni yutishning iloji yo‘q edi. Bu yil esa finaldagi raqibi sport formasi va imkoniyatlar jihatdan ustun kelmasligi aniq. Yarim finaldan o‘tish muammo.

Bu yerda hamma faktorlar tengdir. Milliardlar jangi, yulduzlar jangi, oruzlar jangi. Shunda favorit qanday aniqlanadi? Murabbiy. Gvardiola va Pochettino. Kim ustunroq, bu savolga endi siz javob berib ko‘ring. Orif Tolipov bilan birga sharhlaymiz",  deb yozib qoldirdi Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Milliardlar jangi, yulduzlar jangi, orzular jangi