17:47 / 28.04.2021
2 479

ECHL. Bugun yarim finalda katta “boylar” to‘qnashadi


UEFA Chempionlar Ligasining yarim final bahslari davom etadi. Bugungi kun dasturidan 1/2 final bosqichining yana bir bellashuvi o‘rin olgan. Ushbu qarama-qarshilik PSJ va "Manchester Siti" o‘rtasida kechadi.

Jamoalar 2016 yilda ECHL chorak finalida to‘qnash kelgan va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, manchesterliklar 3:2 hisobida g‘alabaga erishib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan.

Bugungi o‘yin Feliks Brix boshchiligidagi germaniyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan.
Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ECHL. Bugun yarim finalda katta “boylar” to‘qnashadi