21:30 / 28.04.2021
3 762

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev 19 iyun kuni Amerikaning Texas shtatida o‘tkaziladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Meliqo‘ziyevga WBC reytingida 12-o‘rinda borayotgan amerikalik Gabriel Rosado raqiblik qiladi.

Rosado faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut). Shu bilan birgalikda, uning hisobida 1 durang ham bor. Rosadoning mag‘lubiyatlari soni 13 tani tashkil qilsa-da, Gennadiy Golovkin, Jermal Charlo, Deniel Jeykobs kabi yuqori darajadagi bokschilarga qarshi jangda imkoniyatni boy bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi