23:55 / 28.04.2021
2 129

O‘zbekiston kubogi. 9ta klub keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi


Bugun O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan dastlabki 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra "A" va "E" guruhlarida 3-tur yakuniga yetdi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni olgan klublar va 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkita klub 1/8 finalga chiqadi.

"A" guruhida "Lokomotiv" va "Turon" klublari keyingi bosqichga chiqishdi.

"E" guruhida esa bir yo‘la uchta klub "Nasaf", "So‘g‘diyona" va "Bunyodkor" keyingi bosqichga yo‘l olishdi. "Bunyodkor" eng yaxshi 3-o‘rinni olgan ikki klubdan biri bo‘lishi aniq bo‘ldi.

"B" guruhida "Surxon" 2-turdan keyin nimchorak finalga chiqib bo‘lgan.

"D" guruhida 2-turdan so‘ng "Olimpik" va "Navbahor"da navbatdagi bosqich yo‘llanmasi mavjud.

"F" kvartetida barcha klublar hisobida 3tadan ochko bor va barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi.

"G" guruhida "Qizilqum" klubi keyingi bosqichga chiqib bo‘lgan. Klub so‘nggi turdan keyin 3-o‘ringa tushib qolsa ham nimchorak finalga chiqadi.

29 va 30 aprel kunlari to‘rtta guruhda 3-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin qolgan 4ta yo‘llanma sohibi aniqlanadi. Nimchorak finalda guruhdan chiqqan 14ta klubga "Paxtakor" va AGMK klublari qo‘shiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi. 9ta klub keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi