20:36 / 29.04.2021
2 162

Mirjalol Qosimov so‘nggi uchrashuv oldidan: OCHL tugayotgani bilan hayot davom etadi


Osiyo Chempionlar Ligasi 6-turida AGMK "Istiqlol"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz uchun imkoniyatlar tugagan. Lekin musobaqani chiroyli tarzda yakunlab qo‘yishimiz kerak. OCHLdagi oxirgi o‘yinda muxlislarga chiroyli o‘yin taqdim etib, g‘alaba uchun kurashamiz. AGMK muxlislar va jamoa g‘ururi uchun ham o‘ynaydi. OCHL tugayotgani bilan hayot davom etadi. Bizni ichki chempionatda ham hali uzoq mavsum kutmoqda. Biz ertangi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ikkala jamoada ikki xil vaziyat. «Istiqlol» bilan o‘yin qiziqarli bo‘ladi».

— «Istiqlol» himoyaviy o‘ynaydi. Ertaga AGMK ham o‘yinni himoyadan quradimi? Ikkinchi savolim, ertaga yosh futbolchilarga imkoniyatlar beriladimi?
— Biz himoyaviy uslubda o‘ynamaymiz. Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Ertaga «Istiqlol»ning tartibli himoyasini yorib o‘tishga intilamiz. «Istiqlol»ning himoyasi nafaqat biz uchun, balki «Shabab Al-Ahli» va «Al-Hilol»ga ham katta muammo bo‘ldi. Ikkinchi savolga keladigan bo‘lsam, albatta bizda hammaga imkoniyatlar beriladi. O‘tgan o‘yinlarda ham imkoniyatlar berildi", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov so‘nggi uchrashuv oldidan: OCHL tugayotgani bilan hayot davom etadi