22:35 / 29.04.2021
2 550

Piter Xyuistra o‘yindan keyingi matbuot anjumanida yana nimalar dedi?


"Paxtakor" - "Eyr fors" (1:0) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot najumanida "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Turnirda oxirgi o‘yinni o‘tkazdik. Yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ular o‘yinga energiya bera olishdi, deb o‘ylayman. Yoshlar har bellashuvda barqaror o‘ynamasligi mumkin, lekin o‘zlariga kerakli tajribani to‘plab borishadi. Ba’zi uchrashuvlarda kutilgan natijaga erisha olmadik, biroq yaxshi futbol namoyish etishga intildik. Endi Toshkentga qaytib, chempionatning navbatdagi bahsiga hozirlik ko‘ramiz.

Ikki o‘yinda g‘alabani oxirgi daqiqalarda qo‘ldan chiqardik. O‘sha yutuqlarni saqlay olganimizda to‘rt ochko ko‘proq jamg‘arishimiz mumkin edi. Albatta, o‘tgan yilgi tarkib bilan hozirgisi o‘rtasida farq bor. Chempionlar Ligasida bir bellashuvda yutqazdik, ammo tashabbus bilan o‘ynagan holda ba’zi bellashuvlarni yuta olmadik. Yoshlar esa mavsum davomida bizga yordam berishda davom etishadi. Ular jamoa o‘yin uslubiga moslashib borishmoqda, - dedi Piter Xyuistra.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra o‘yindan keyingi matbuot anjumanida yana nimalar dedi?