02:00 / 01.05.2021
3 045

AGMK OCHLdagi so‘nggi yurishini g‘alaba bilan yakunladi


Osiyo Chempionlar Ligasi A guruhi 6-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin Mirjalol Qosimov shogirdlarining 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan gollarga zahiradan o‘yinga qo‘shilgan Polvonov (67') hamda Jokich (79') mualliflik qilishdi. "Istiqlol"ning yagona goli esa 87-daqiqada penaltidan Soirov tomonidan kiritildi. Bu AGMKning OCHLdagi 2-g‘alabasi bo‘ldi.

Shu tariqa, olmaliqliklar OCHLdagi debyut mavsumini 7 ochko bilan guruh bosqichining o‘zida yakunladi. Yakuniy o‘rin - to‘rtinchi! Guruhdagi narigi bahsda "Shabab Al-Ahli" "Al-Hilol"ni yenggani bois, AGMK 3-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

"Istiqlol" - AGMK 1:2
Gol:
Soirov (87-pen) - Polvonov (67), Jokich (79). 
"Istiqlol" - 1. Rustam Yatimov, 3. Andrey Mishchenko, 4. Vaxdat Xanonov, 9. Rustam Coirov, 10. Alisher Jalilov, 11. Muhammadjon Rahimov, 19. Axtam Nazarov, 21. Aleksey Larin, 55. Manucher Safarov, 63. Manuchexr Jalilov, 70. Shaxrom Sulaymonov.
Zaxira: 16. Safarmad Gaforov, 6. Zoir Jo‘raboyev, 7. Husayn Dogan, 14. Sharifbek Rahmatov, 27. Romish Jalilov, 28. Salom Ashurmamadov, 77. Xurshed Jo‘rayev, 99. Muxriddin Hasanov.
AGMK (4-3-3) — 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 71), 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 60), 4.Mirjamol Qosimov (9.Zafar Polvonov, 46) - 94.Elvin Fortes (11.Murod Toshmatov, 63), 18.Aleksandr Kasyan, 28.Shohruh Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 46).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 8.Bobur Yo‘ldoshev, 19.Sheroz Jalolov, 21.Sanjar Jumaboyev, 22.Sanjar Shoahmedov.
Ogohlantirish: Sardor Rahmonov (54), Andrey Mishchenko (76).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK OCHLdagi so‘nggi yurishini g‘alaba bilan yakunladi