20:00 / 01.05.2021
2 818

Ro‘ziqul Berdiyev oldidagi muammo va boshqalar haqida - Diyor Imomxo‘jayev


Tez orada OFK kubogi start oladi. Musobaqada yurtimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi. Chempionatdan oldin PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida "Nasaf" OFK kubogi guruh bosqichi mezbonligi uchun ariza topshirgani va bellashuvlar Tojikistonda bo‘lib o‘tishi belgilangani xususida yozdi.

- OFK kubogining "Nasaf" joy olgan guruhi uchrashuvlari sun’iy maydonlarda o‘tishi bizning klub uchun katta ehtimol bilan muammo tug‘diradi.

"Nasaf" guruh o‘yinlariga mezbonlik qilish yuzasidan ariza topshirgandi. Qashqadaryoda uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish imkoniyati bor edi. Ammo OFK Tojikiston variantini afzal bildi. Endilikda "Nasaf" sun’iy maydonda ham mashg‘ulot olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Tojikiston jamoasining o‘yinlari faqat kechki paytga qo‘yilgan. "Nasaf" esa uch uchrashuvdan ikkitasini issiq havoda o‘tkazishga majbur. Havo issiq vaqtda sun’iy maydonda o‘ynash qanchalik azob ekani sizga yaxshi ma’lum.

Endilikda Berdiyev oldida muammo bor. 10 may kuni "Nasaf" Superliga doirasida "Mash’al"ga qarshi maydonga chiqishi kerak. Biroq bu vaqt oralig‘ida sun’iy maydonga ham mashg‘ulotlar orqali ko‘nikib borish talab etiladi. Shundan kelib chiqilsa, uchrashuv sanasining o‘zgartirilishidan "Nasaf" manfaatdor. Biz may oyining so‘nggi o‘n kunini Vadim Abramovga topshirib qo‘yganmiz. OFK kubogi sabab "Nasaf" shundoq ham bitta uchrashuvni qo‘yib yuboradi. "Mash’al" bilan o‘yin qoldirilsa, demak bunday o‘yinlar soni 2 tani tashkil qiladi. Buyog‘i yozning chillasiga ulanadi va hokazo.

Ishonamizki, qiyin sharoitda bo‘lsa ham "Nasaf" o‘zini ko‘rsata oladi. Hozir esa "Mash’al" bilan o‘yin masalasida bosh qotirish kerak, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev oldidagi muammo va boshqalar haqida - Diyor Imomxo‘jayev