16:59 / 02.05.2021
2 647

Joshuani nokautga uchratgan Endi Ruis WBA eliminator jangida ringga ko‘tarildi (video)


Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida "Premier Boxing Champions" promouterlik kompaniyasi tomonidan jang oqshomi tashkil etildi.
 
Asosiy janglarning birida super yarim o‘rta vaznda (-69,8 kg) WBC eliminator jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorxe Kotaga qarshi ringga ko‘tarilgan Sebastyan Fundora raqibini 4-raundda nokautga uchratdi va WBC yo‘nalishida majburiy da’vogarga aylandi. Mazkur vaznda WBA Regular chempioni Erislandi Lara bitta yuqori o‘rta vazn toifasida  (-72,5 kg) ham vakant bo‘lib turgan WBA Regular kamarini qo‘lga kiritdi. Tomas Lamannaga qarshi bahsda Lara 1-raundda muddatidan avval g‘alaba qozondi.
 
 WBA eliminator maqomidagi markaziy jangda meksikalik Endi Ruis (34-2, 22 KO) amerikalik Kris Arreolaga (38-7-1, 33 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 2-raunda nokdaun holatiga tushganiga qaramay, keyingi raundlarda tiklanishga ulgurgan Ruis 12 raund yakuniga ko‘ra, 118-109, 118-109, 117-110 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Eslatib o‘tamiz, Ruis 2019 yilda Entoni Joshuani nokautga uchratib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va keyinchalik 2-jangda imkoniyatni boy bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joshuani nokautga uchratgan Endi Ruis WBA eliminator jangida ringga ko‘tarildi (video)