17:35 / 02.05.2021
2 412

Shomurodov gol urgan bahsda "Jenoa" "Latsio"ga mag‘lub bo‘ldi


Italiya A Seriyasi 34-turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Jenoa" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, maydon egalari 1-taymda 2 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 47-daqiqada hisobni qisqartirgan genuyaliklar 56-daqiqagacha yana 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Keyinchalik, Skamakka va Shomurodov aniq zarbalari bilan hisobdagi farqni maksimal tarzda qisqartirdi.

Shu tariqa, katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozongan rimliklar ochkolari sonini 64 taga yetkazib olgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Biroz omad yetishmagan "grifonlar" 36 ochko bilan onlayn jadvalda 13-pog‘onani band etgan.

"Latsio" - "Jenoa" 4:3
Gol:
30 - Korreya 1:0, 43 - Immobile 2:0, 47 -Marushich 2:1, 48 - Luis Alberto 3:1, 56 - Korreya 4-1, 80 - Skamakka 4:2, 81 - Shomurodov 4:3

"Latsio" - Reyna, Marushich, Xoedt, Radu, Lpatssari, Milinkovich-Savich, Leyva, Luis Alberto, Lulich, Korreya, Immobile.
"Jenoa" - Perin, Goldaniga, Radovanovich, Masello, Biraski, Zays, Badel, Strootman, Zappakosta, Shomurodov, Destro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov gol urgan bahsda "Jenoa" "Latsio"ga mag‘lub bo‘ldi