19:26 / 05.05.2021
1 717

"Lokomotiv" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi


O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Temiryo‘lchilar" Abduxoliqovning penaltidan kiritgan goli bilan hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Qobilov hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Raqib himoyachisining xatosidan keyin Temurxo‘ja dublni rasmiylashtirdi. 83-daqiqada Maxaradze aniq zarbasi bilan jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. Muborakliklar yetakchisi Murtazoyev 86-daqiqada oradagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, safarda g‘alaba qozongan "Loko" ochkolari sonini 11 taga yetkazib olgan holda, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘z uyida imkoniyatni boy bergan "Mash’al" 11-pog‘onani band etib turibdi.

MASH’AL – LOKOMOTIV 1:4
Gol:
11 - Temurxo‘ja Abduxoliqov 0:1, 21 - Islom Qobilov 0:2, 64 - Temurxo‘ja Abduxoliqov 0:3, 83 -Kaxi Maxaradze 0:4, 86 - Humoyun Murtozayev 1:4
"Mash’al": 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 2.Zafarbek Akramov, 7.Ifeani Ifeani, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Samuel Chigozi (9.Doniyor Usmonov, 65), 13.Shahzod Shaymanov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov (19.Sardor Abduraimov, 20), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev (15.Muhammadali Aliqulov,65), 23.Samandar Shukurullayev, 27.Muhammadali Yuldashev (4.Shahzodbek Hamidov,65).
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 8.Ibe Mishel Okoro, 20.Xudoyorxon Sagdullayev, 21.Ukeme Uilyams, 99.Jahongir Abdusalomov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov (20.Jaloliddin Jumaboyev,67), 4.Dilshod Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Javohir Sidiqov(18.Ibrohim G‘anixonov, 79), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov (14.Azizbek Amonov, 37), 27.Islom Rashidxonov(9.Javohir Alijonov, 79), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov(5.Kaxi Maxaradze,67).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 22.Diyego Bardanka, 54.Igor Chikrizov, 80.Farruh Ibrohimov.
Ogohlantirish: Islom Rashidxonov (17), Samandar Shukurullayev (33), Xumoyun Murtazoyev (39).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi