23:53 / 06.05.2021
2 061

Mirjalol Qosimov: "Termizda haqli g‘alabaga erishdik. "Jo‘jani kuzda sanaymiz"


Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Surxon" - AGMK (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, OCHLdan keyin uzoq yo‘l bosib keldik, qolaversa Termizga yetib keldik. O‘yin kuni reys bo‘lgani uchun ertalab azonda uchib keldik. Ko‘pchilik futbolchilar saharlikka turib dam olishmagandi. Termizga kelib 2 soatcha dam olishdi. Futbol o‘ynaganlar yaxshi bilishadi, muhim musobaqadan keyingi birinchi bahs doim og‘ir kechadi.

Shunga qaramay futbolchilarim har jabhada yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda tashabbus biz tomonda bo‘ldi, gol urdik, Kasyanda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. "Surxon"ga ham tan berish kerak, ular oxirgacha kurashishdi. Menimcha so‘nggi soniyaga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turishdi. O‘ylaymanki bugun haqli tarzda g‘alabaga erishdik. Keyingi o‘yinlarda "Surxon"ga omad tilayman.

- AGMK Superligada bu mavsum chempionlik uchun kurashadimi?
- "Jo‘jani kuzda sanaymiz" deyishadiku. Biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarimiz uchun harakat qilib, g‘alaba uchun kurashamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Termizda haqli g‘alabaga erishdik. "Jo‘jani kuzda sanaymiz"