02:41 / 10.05.2021
2 423

A Seriya. "Milan" asosiy bahsda "Yuventus"ni Turinga "ko‘mdi"!


Italiya A Seriyasi 35-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv - "Yuventus" - "Milan" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin milanliklarning 0:3 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 1-bo‘lim so‘ngida Braim Dias jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan unumli foydalangan holda hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limda zahiradan maydonga tushgan Rebich darvozani ishg‘ol qilib, hisobni yiriklashtirdi. So‘nggi 10 daqiqaliqda Chalhanogluning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qilgan Tomori o‘yinga uzil-kesil nuqta qo‘ydi, shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Shu tariqa, o‘z uyida mag‘lubiyatni qabul qilib olgan turinliklar 69 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketishdi, 72 ochko to‘plagan Pioli shogirdlari esa 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Eslatib o‘tamiz, A Seriya yakunlanishiga yana 3 tur qoldi.

"Yuventus" – "Milan" 0:3
Gollar:
0:1 – 45 Braim Dias, 0:2 – 78 Rebich, 0:3 – 82 Tomori.
"Yuventus" – Shesni, Kellini, Aleks Sandro, de Ligt, Makkenni, Kuadrado, Bentankur (Kulusevski, 67), Rabo, Keza (Dibala, 79), Ronaldu, Morata.
"Milan" – Donnarumma, Kalabriya, Tomori, Ker, Teo, Chalxanoglu, Bennaser (Diogu Dalot, 82), Kessie, Salemakers (Meyte, 82), Braim Dias (Krunich, 70), Ibragimovich (Rebich, 66).
Ogohlantirishlar: Keza (53), Kellini (57), Braim Dias (59), Salemakers (76).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Milan" asosiy bahsda "Yuventus"ni Turinga "ko‘mdi"!