17:40 / 10.05.2021
2 044

Usmon Toshev "Buxoro" klubida ish boshladi


Bugun “Buxoro” klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov, Buxoro jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Mirzayev, viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidenti Farrux Xamrayev hamda klub rahbariyati va ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida “Buxoro” professional futbol klubi bosh direktori lavozimiga 2021 yil 10 maydan tajribali mutaxassis Usmon Qudratovich Toshev tayinlandi. Buxoro futbolida o‘chmas iz qoldirgan, shu kunga qadar “Tojikiston” milliy terma jamoasi bosh murabbiy va o‘zbekistonlik murabbiylar orasida ilk Pro litsenziyasi sohibi Usmon Qudratovich endigi faoliyatini “Buxoro” jamoasida davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev "Buxoro" klubida ish boshladi