19:27 / 10.05.2021
1 978

Odil Ahmedov terma jamoamizning JCH saralash o‘yinlariga qadar tiklana oladimi?


Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Sanchjou Mayti Layons" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov jarohat olgani borasida xabar bergandik. Ammo futbolchi qancha muddatga safdan chiqqani bo‘yicha ma’lum qilinmagan.

Xitoyning Titan Sports Plus nashri Ahmedov jamoasining shu oydagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishini yozgan. Ko‘rinib turibdiki, terma jamoamiz sardori bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin.

Biroq u qovurg‘asidagi jarohatini davolab Saudiya Arabistonida bo‘ladigan jahon chempionati saralash bahslarigacha tiklanish ehtimoli bor. Chunki termamizning Singapurga qarshi o‘yini 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Vadim Abramov shogirdlari 11 iyun kuni Yaman bilan kuch sinashsa, 15 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi saf tortishadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslariga qadar Dubayda yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan. Xorij yig‘inida hamyurtimiz 29 may kuni Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov terma jamoamizning JCH saralash o‘yinlariga qadar tiklana oladimi?