21:19 / 11.05.2021
2 292

"Lokomotiv" o‘z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi


O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Damir Temirov 18-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakuniga qadar Diyorjon Turopov mukammal zarbasi bilan tarozi pallalarini tenglashtirdi. Ikkinchi taymda bekobodliklar vakili Shahzodbek G‘ofurbekov 3 daqiqa ichida dublni rasmiylashtirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, raqibning 6 o‘yinli mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunlagan "Metallurg" ochkolari sonini 12 taga yetkazib olgan holda, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 8-pog‘onadagi "Loko" hisobida 11 ochko mavjud.

LOKOMOTIV – MЕTALLURG 1:3
Gollar:
Temirov 17, Turopov 40, G‘ofurbekov 77, 80.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 37. Sherzod Fayziyev, 3. Islom Qobilov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 4. Dilshod Komilov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullayev, 27. Islom Rashidxonov, 77. Diyor Turopov, 8. Javohir Sidiqov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 9. Javohir Alijonov, 14. Aziz Amonov, 17. Sanjar Qodirqulov, 18. Ibrohim G‘anixonov, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 22. Diyego Bardanka, 54. Igor Chikrizov, 80. Farrux Ibrohimov.

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 4. Odil Abdumajidov, 8. Salamat Kutibayev, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15. Zohid Abdullayev, 22. Shahzod G‘ofurbekov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 28. Stanislav Andreyev, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbar Ismatullayev, 98. Damir Temirov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboyev, 7.Doniyor Narzullayev, 9.Mahmud Qudratillayev, 11.Ivan Nagayev, 21.Kamoliddin Tojiyev, 43.Davron Anvarov, 88. Yevgeniy Chumak.
Ogohlantirishlar: Toshqo‘ziyev 37, Komilov 52, Abduholiqov 78, Lobanov 88, Turopov 90.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" o‘z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi