21:28 / 11.05.2021
2 600

"So‘g‘diyona" "Andijon"ni yirik hisobda taslim qildi


O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Andijon" klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jizzaxliklar tarkibida Javohir Qahramonov hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida mehmonlar vakili Martin Boake o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 53-daqiqada Shahruz Norxonov hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Sahob Rashidov jamoasining 4-golini kiritdi. "Burgutlar" safida Farhod Sohibjonov bu aniq zarbalarga bir marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan qilib, yirik hisobda zafar quchgan "So‘g‘diyona" ochkolari sonini 18 taga yetkazib olgan holda, onlayn jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4 ochko to‘plagan "Andijon" 12-pog‘onani band etgan.

"So‘g‘diyona" – "Andijon" - 4:1

Gollar:
Javohir Qahramonov 14, - 1:0. Martin Boake 44 avtogol, - 2:0. Shohruz Norxonov 53, - 3:0 (Jasur Hasanov). Sahob Rashidov 90+2, - 4:0 (Bahodir Nasimov). Izzatillo Abdulhaqov 90+4 (Farhod Sohibjonov).
"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon No‘’monov, 7. Arslanmirat Amanov (77.Sahob Rashidov, 80), 8. Jamshid Boltaboyev (14.Daniel Nasriddinov, 64), 10. Shoxruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 80), 11. Jasur Hasanov (28.Ergash Ismoilov, 65), 17. Shaxboz Jo‘rabekov (4.Elyor Orifov, 77), 19. Javohir Qaxramonov, 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 63.Asil Begimqulov.

"Andijon": 44. Jasur Umrzoqov, 7. Martin Boake (11. Abdulxay Ismoilov, 82), 8. Bahtiyor Qosimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 14. Doniyor Ismoilov (17. Farhod Soxibjonov, 46), 23. Mardon Abdullayev (18. Abdug‘ani Kamolov, 46), 28. Sunnatillo Hamidjonov, 33. Doniyor Abdumannopov, 49. Plamen Dimov, 70. Diyorbek Rahimqulov (4. Usmonali Ismonaliyev, 83), 77. Muhammad Isayev (20. Izzatillo Abdulxaqov, 46)
Zaxira: 32. Javohir Qilichev, 6. Ibrohim Otaxonov, 9. Kamron Saidazimov, 26. Muhammadkarim Toirov.
Ogohlantirishlar: Muhammad Isayev 45+2, Shahboz Jo‘rabekov 70.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" "Andijon"ni yirik hisobda taslim qildi