16:50 / 12.05.2021
2 057

Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti


“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar ayni paytda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p tepishni orzu qilayotganini aytdi.

- Men Krishtianu Ronalduni tanlayman. Faoliyatim davomida Lionel Messi va Kilian Mbappe singari zo‘r futbolchilar bilan birga o‘ynadim. Endi Ronaldu bilan birga to‘p tepishim kerak, - dedi Neymar.

Neymar 8 may kuni PSJ bilan 2025 yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Braziliyalik yulduz 2017 yili “Barselona”dan 222 million yevro evaziga olib kelingan edi. Bu transfer rekordi hali yangilangani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti