18:00 / 12.05.2021
2 104

Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda


"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh "Manchester Yunayted"ga mijozining xizmatlarini taklif qilmoqda.

Libero nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘zi ham “Old Trafford”ga qaytishga rozi. Ronaldu buning uchun yillik 31 yevro maoshini 20 millionga kamayishiga ham rozi. "Yuventus" moliyaviy qiyinchiliklar sabab tarkibdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchisini sotib yuborishi mumkin.

Ronaldu 2003-2009 yillarda "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan va shundan so‘ng 2009 yilda “Real”ga ko‘chib o‘tgan.

Krishtianu bu mavsum "Yuventus" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 34 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning agenti uning xizmatlarini APL klubiga taklif qilmoqda