21:14 / 12.05.2021
2 515

"Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi


O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Ivan Solovev aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakuniga qadar Slavisha Stoyanovich jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Shunday qilib, joriy mavsum "Markaziy"dagi ilk g‘alabasini tantana qilgan "lochinlar" ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan holda, 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 13-o‘rindagi "Surxon" hisobida 4 ochko mavjud.

NAVBAHOR – SURXON - 2:0
Gol:
Ivan Solovyov 56, - 1:0 (Abbos G‘ulomov). Slavisha Stoyanovich 89, - 2:0 (Ehsoni Panshanbe).

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sardor Telyakov (6.Sherzod G‘ulomjonov, 90+2), 9.Ivan Solovyov (77.Husayn Ergashboyev, 90+2), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (67.Marko Putinchanin, 78), 11.Islombek Isoqjonov (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 72), 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G‘ulomov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (88.Slavisha Stoyanovich, 78).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 4.Farhod Mirahmatov, 18.Bahrom Abdurahimov, 24.Davronbek Hoshimov.

"Surxon": 1.Azamat Ahmedov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 10.Murodbek Bobojonov (38.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 74), 11.Zohir Pirimov (9.Nizomjon Norov, 74), 14.Jasur Xolto‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Husniddin G‘ofurov (18.Eldor Boymatov, 58), 66.Behroz Shaydulov, 77.Asror G‘ofurov.
Zaxira: 12.Rustam Nortojiyev, 8.Jahongir Ahmadov, 21.Javohir Esonqulov, 33.Asilbek Temirov, 55.Sharafiddin Shobirov, 60.Ural Choriyev. 
Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro‘ziyev 35, Abbos G‘ulomov 42, Ehsoni Panshanbe 71, Asror G‘ofurov 73, Nizomjon Norov 88.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani "Surxon" ustidan qo‘lga kiritdi