00:04 / 13.05.2021
2 197

Piter Xyuistra: "Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo‘yicha yaxshi yangiliklar bo‘lib qolar"


Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirdi.

"Qo‘qon-1912" o‘yinlarini o‘rganib chiqqandik, bu jamoa xavfli raqib edi. Ular qarshi hujumlarda juda yaxshi o‘ynashadi. Dastlabki 20 daqiqada qo‘qonliklarda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, 25-daqiqadan keyin tashabbusni qo‘lga oldik. Golni ham juda muhim paytda urib oldik. Tanaffusdan keyin ham shu tempni ushlab qoldik. OCHLdagi uchta o‘yinda oldinda borib yakunda durang qayd etgandik. Bugun bunday bo‘lmaganidan xursandman. O‘yinchilar oxirigacha hujumkorlikni to‘xtatishmadi. Ramazon oyida deyarli butun jamoa ro‘za tutgani sababli jismoniy jihatdan baribir qiyinroq bo‘ldi. Endi yangi davr boshlanadi va jismoniy holatimiz hamda o‘yin tomonlama yanada kuchayamiz.

- Sardor Rashidovda jarohat borligini bilamiz, Aziz Turg‘unboyev esa ayni paytda raqobatda yutqazgani bois zaxirada qolayaptimi?
- Ha mavsumni Rashidov va Turg‘unboyev bilan boshlagandik. O‘tgan mavsum tarkibimizda ko‘plab futbolchilar bor edi. Bu yil esa 20 nafar futbolchi mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Erkinov va Holmatovga OCHLda imkoniyat berdik, ular munosib o‘ynashgani uchun hozir ham maydonga tushirayapmiz. Bundan xursandman. Lekin hali mavsum uzoq davom etadi. Rashidov ham, Turg‘unboyev ham jamoamizning muhim a’zolari. Ko‘plab futbolchilarimiz terma jamoada ham o‘ynashi kerak. Ularni yaxshi holatda terma jamoa ixtiyoriga borishlarini ham ta’minlashimiz kerak.

- So‘nggi paytlarda OAVda ko‘plab xabarlar chiqmoqda. Jamoada homiylar o‘zgardi. Bu jamoa ichki muhitiga ta’sir qildimi?
- Albatta futbolchilar ba’zida maoshlarini ololmay qolishsa bu yaxshi holat emas. Garchi moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lsa ham mashg‘ulotlarda bor kuchlari bilan shug‘ullanishmoqda. Bu bilan ular haqiqiy professional ekanliklarini isbotlashmoqda. Biz Superkubokni qo‘lga kiritdik va Superligada peshqadamlik qilayapmiz, demak barchasi joyida ekanini ko‘rish mumkin. Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo‘yicha yaxshi yangiliklar bo‘lib qolar. Bundan tashqari Jaloliddin Masharipovning transfer pullarini ham kutayapmiz. Aynan shunga umid qilayapmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo‘yicha yaxshi yangiliklar bo‘lib qolar"