22:51 / 13.05.2021
1 667

Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi

Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi

Bugun bo‘lib o‘tgan "Turon" - "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng klub rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Mazkur yig‘ilishda bosh murabbiy Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Jamoani vaqtincha polshalik mutaxassis Baguslav Baniak boshqarib turadigan bo‘ldi. Aynan Coca-Cola Superliganing 9-turida "Surxon" jamoasi bilan o‘tkaziladigan uchrashuvga jamoani Boguslav Baniak tayyorlaydi.

"Turon" futbol klubi Islombek Ismoilovga jamoa yutuq va g‘alabalarida qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirgan xolda yosh mutaxassisning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaydi, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Islom Ismoilov "Turon"ni rasman tark etdi. "Turon"ni endi polshalik murabbiy boshqaradi