19:03 / 14.05.2021
2 139

OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi


OFK Kubogi guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Oloy" bellashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda qarshiliklar 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Birinchi taym nursiz durang bilan yakunlangach, ikkinchi taymga Berdiyev shogirdlari boshqacha ishtiyoq bilan tushib keldilar. 
Gollarga Nurilloyev, Komilov, Norchayev va Aliqulov mualliflik qildi.

OFK Kubogi, "F" guruhi
"Nasaf" (O‘zbekiston") - "Oloy" (Qirg‘iziston) - 4:0
Gollar:
Suhrob Nurulloyev 52, - 1:0 (Sherzod Nasrullayev). Shohmalik Komilov 58, - 2:0 (Oybek Bozorov). Husayin Norchayev 64, - 3:0 (Marko Stanoyevich). Husniddin Aliqulov 75, - 4:0 (Sherzod Nasrullayev).

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 8. Dilshod Saitov (4. Husniddin Aliqulov, 69), 5. G‘olib G‘aybullayev, 92. Umar Eshmurodov, 15. Jo‘rabek Mannonov (20. Suhrob Nurulloyev, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 50. Shohmalik Komilov (28. Sardor Sadullayev, 78), 88. Marko Stanoyevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (14. Shokir Yo‘ldoshev, 69), 19. Husayin Norchayev (25. Muxriddin Zoirov, 78).
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 3. Jafarjon Karimov, 41. Mirjalol Qosimov, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev.

"Oloy": 16. Danil Polyakov, 4. Aydar Mambetaliyev, 14. Oybek Abdug‘afforov (17.Suyuntbek Mamiraliyev, 87), 21. Almazbek Malikov, 7. Ahliddin Isroilov (9.Nurbolot Irisbekov, 67), 10. Emmanuel Yagr, 11. Eldar Moldojunusov, 12. Erlan Mashirapov, 19. Nurdolot Stalbekov (25.Shoxrux Askarov, 88), 20. Tijani Belaid (5.Adilet Nurlan Uulu, 81), 27. Akramjon Umarov.
Zaxira: 33.Temirlan Apaz Uulu, 6. Asadbek Alimov, 8.Keldibek Talantbek Uulu.

Ogohlantirish: Aydar Mambetaliyev 29.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi