20:49 / 14.05.2021
2 365

"Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi?


OFK kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Oloy" (4:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yiini yomon boshlamadik. Vaziyatlar yaratdik, ammo golga aylantira olmadik, balki, qayerdadir sovuqqonlik yetishmadi. Birinchi goldan so‘ng xotirjam bo‘ldik va yirik g‘alabaga erishdik. Kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Futbolchilarda hayajon bor edi va bosim bilan harakat qilishdi. Tarkibda yosh futbolchilar ko‘p va ilk marta bunday musobaqada ishtirok etishyapti. Aynan shunday o‘yinlar orqali tajribamizni oshiramiz. Birinchi bo‘limda tezkor gol kiritganimizda, biz kutgan o‘yinni oldinroq namoyish etishimiz mumkin edi.

Noqulaylik tug‘dirgan narsa bu yerda 3 kun mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsak, uch kun ichida ob-havo uch xil bo‘ldi. Ikki kun yomg‘ir yog‘di, salqin bo‘ldi. Bugun esa quyosh chiqdi. Maydonning issiqligi ham o‘yin tempiga ta’sir ko‘rsatdi", - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Oloy" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev nimalar dedi?