20:56 / 14.05.2021
1 156

10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi

10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin AGMKning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

32-daqiqada AGMK a’zosi Yovan Jokich o‘ta qo‘pol qoidabuzarligi sabab qizil kartochka oldi hamda maydonni tark etdi. 38-daqiqada 10 kishi bo‘lib qolgan AGMK darvozasiga penalti belgilandi va Xurshid G‘iyosov undan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 58-daqiqada "Bunyodkor" darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalangan Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yinda ustunlikni qo‘lga olishdi. 74-daqiqada Sanjar Tursunov dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Sardor Rahmonov gol kiritib, o‘yinga nuqta qo‘ydi - 3:1!

Shu tariqa, ochkolari sonini 15 taga yetkazib olgan AGMK 2-o‘rindagi "So‘g‘diyona"ga yaqinlashib oldi. "Bunyodkor" esa 11 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

AGMK – BUNYODKOR 3:1 
Gollar:
penalti Sanjar Tursunov 58', 74', Sardor Rahmonov 77' – penalti Xurshid G‘iyosov 38'
AGMK — 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 46) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.Shohruh Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 85).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 15.Abbos Otaxonov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Sanjar Shoahmedov, 29.Vladimir Kozak.

"Bunyodkor" — 1.Ravshan Yagudin - 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farruh Ikromov (13. Lutfullo To‘rayev, 60), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 73), 35.Ibrohim Ibragimov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 5. Xurshidbek Ubaydullayev, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sanjar Rashidov, 22. Shahboz Erkinov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 17. Odiljon Abdurahmonov.
Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (12), Mirjahon Mirahmadov (23), Akrom Komilov (72), Dilshod Jo‘rayev (90+4).
Chetlatish: Yovan Jokich (34).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » 10 kishi bo‘lib o‘ynagan AGMK "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi