11:02 / 15.05.2021
1 805

Bangladeshdagi legionerlarimiz tomonidan bayram dasturxoni yozildi


Bir qator mamlakatlarda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Oxirgi paytlarda Bangladesh chempionatida legionerlarimiz soni ko‘payib qoldi. E’tiborlisi, u yerdagi futbolchilarimiz tez-tez ko‘rishib turishadi. Bu safar Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Bangladeshda to‘p surayotgan barcha o‘zbekistonlik o‘yinchilar bir joyga jamlandilar.

Avvalo u yerda to‘p surayotgan legionerlarimiz bilan tanishtiramiz: bular – Otabek Valijonov, Ildar Mamatkazin, Furqat Hasanboyev, Shukur Po‘latov, Yevgeniy Kochnev, Sirojiddin Rahmatullayev, Xolmurod Xolmurodov, Dilshod Nazirov, Islom Abduqodirov va Saiddoston Fozilov.

Dakka shahrida, Valijonovning xonadonida hayit bayrami munosabati bilan ziyofat uyushtirildi. Qizig‘i, futbolchilarimiz tomonidan tashkillashtirilgan mazkur bayram dasturxoni mahalliy televideniye tomonidan ham yoritildi. Bu esa Bangladeshda o‘zbekistonlik o‘yinchilarga e’tibor yuqoriligini bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bangladeshdagi legionerlarimiz tomonidan bayram dasturxoni yozildi