20:08 / 15.05.2021
1 833

Gollarga boy o‘tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida Shomurodov ikkita gol urdi

Gollarga boy o‘tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida Shomurodov ikkita gol urdi

Italiya A Seriyasi 37-tur doirasidagi "Jenoa" - "Atalanta" yakunlandi. Mehmonlar ilk taymda Duvan Sapata, Ruslan Malinovskiy va Robin Gosensning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga o‘tib oldi.

2-bo‘limda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushishi bilan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etdi. Keyin esa bergamoliklar xavbeki Mario Pashalich oradagi farqni yana oshirdi – 4:1.
67-daqiqada Goran Pandev penaltini aniq amalga oshirdi. Asosiy vaqt tugashiga oz qolganida esa Shomurodov dublni rasmiylashtirdi – 3:4.

“Atalanta” bugungi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 78 taga yetkazib, 2-o‘rnini mustahkamladi. “Jenoa” esa 39 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.
"Jenoa" – "Atalanta" 3:4
Gollar:
0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Shomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Shomurodov.
"Jenoa" – Marketti, Gilone (Portanova, 57), Masello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (Shomurodov, 46), Zays (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyatsa, Destro (Pandev, 46).
"Atalanta" – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk (Muriel, 89), Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).
Ogohlantirishlar: Gimshiti (62), Toloi (71), Rovella (88).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Gollarga boy o‘tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsida Shomurodov ikkita gol urdi