13:25 / 17.05.2021
2 305

"Nasaf" bugun OFK kubogida Tojikiston klubiga qarshi o‘ynaydi


Bugun OFK Kubogida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” guruh bosqichining 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

“Xo‘jand” – “Nasaf” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Ushbu o‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Xo‘jand” jamoasi guruh bosqichining 1-turida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan edi. “Nasaf” esa xuddi shu turda qo‘shni Qirg‘izistonning “Oloy” klubi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Agar Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa, pley-off masalasini muddatidan avval hal qilgan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" bugun OFK kubogida Tojikiston klubiga qarshi o‘ynaydi