23:11 / 17.05.2021
1 961

Shomurodovning goli "Jenoa"ga qimmatga tushishi mumkin

Shomurodovning goli "Jenoa"ga qimmatga tushishi mumkin

Italiya A Seriyasi 38-turi doirasida Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Jenoa" safarda "Kalyari" bilan bahs olib boradi. Mazkur bellashuvda hamyurtimiz raqib darvozasini ishg‘ol qilsa yoki golli uzatmani amalga oshirsa, "Jenoa" "Rostov"ga 500 ming yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Gap shundaki, Shomurodovning shartnomasida futbolchi mavsum davomida "gol+pas" tizimida 10 ochko jamg‘arsa, uning sobiq klubi - "Rostov" qo‘shimcha 0,5 mln yevro mablag‘ga ega bo‘lishi qayd etilgan. Bu haqda taniqli jurnalist Nobel Arustamyan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.

Ayni vaqtga kelib, Shomurodov hisobida "Jenoa" tarkibida kiritgan 7 gol va 2 golli uzatma mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Shomurodovning goli "Jenoa"ga qimmatga tushishi mumkin