18:38 / 19.05.2021
4 198

“Manchester Yunayted” uchta shov-shuvli transferni amalga oshiradi


“Manchester Yunayted” rahbariyati muxlislar mehrini qozonish uchun yozgi transferlar vaqtida uchta yulduz futbolchini olib kelishga qaror qildi.

Joriy mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan manchesterliklar kelasi mavsum liga bosh sovrini uchun kurashmoqchi. Buning uchun tarkib yanada kuchaytirilishi kerak.

Sulsherning yozdagi asosiy nishoni “Tottenxem”dan  ketish istagini tasdiqlagan Harri Keyn bo‘ladi. Garchi manchesterliklar Edinson Kavani bilan kelishuvni uzaytirgan bo‘lsa-da, “Tottenxem” yulduzini ham to‘liq sotib olishga tayyor. Bu transfer 100 million funtga baholanmoqda.

MYU ro‘yxatidan “Borussiya” qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan Jeydon Sanchodir. Hujumkor yarim himoyachini olish uchun mankunianlar dortmundliklarga 64,6 million funt miqdorida birinchi rasmiy taklifni berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Real”dan ketishini e’lon qilingan Rafael Varan ham Manchesterga kelishi kutilmoqda. Fransiyalik futbolchini olish uchun Sulsher jamoasi 60 million funt xarajat qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted” uchta shov-shuvli transferni amalga oshiradi