22:20 / 19.05.2021
2 357

O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish


Iyunda o‘tkaziladigan JCH-2022 saralashi doirasida markazlashgan turnirga tayyorgarlik davom etmoqda.
Klublar miqiyosida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra murabbiylar shtabi kengaytirilgan ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritishyapti.

Avval chaqiruv olgan Lutfulla To‘rayev hamda Murod Xolmuhamedov yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Hozirda "Nasaf" klubi safida OFK kubogida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Husniddin Aliqulov esa terma jamoaga chaqirildi. U klubi bilan safardan qaytgach yig‘inga qo‘shiladi.

Milliy jamoaga nomzodlar ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida COVID-19 uchun test topshiradi. Shundan so‘ng ularning jismoniy holati ko‘zdan kechiriladi.

21 may kuni jamoa Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oladi. Bo‘lajak safar oldidan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish maqsadida mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish