13:27 / 20.05.2021
2 724

“Barsa”ga yangi murabbiy topildi


“Barselona” rahbariyati mavsum tugashi bilan bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Klub prezidenti Joan Laporta jamoa boshqaruviga “Bavariya”ni yengilmas klubga aylantirgan Xans-Diter Flikni olib kelmoqchi va bu borada muzokaralar boshlangan. Laporta Flikni aynan “Barselona”ni qabul qilib olish kerakligiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, mavsum yakunida “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qilgan Flik Yevropa chempionatidan so‘ng, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishi xabar qilingan edi. Biroq, hali Germaniya futbol federatsiyasi va murabbiy o‘rtasida bitim tuzilgani yo‘q.

Aslida Joan Laporta yaqinda Ronald Kuman bilan uchrashib, uni kelasi yil oxirigacha o‘z lavozimida qolishini aytgandi. Biroq, “Barselona” o‘z maydonida “Selta”ga yutqazib, chempionlik uchun kurashni tark etgani Kumanning klubdagi kelajagini mavhumlashtirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa”ga yangi murabbiy topildi