23:13 / 20.05.2021
2 409

Ro‘ziqul Berdiyev: Raqib bu o‘yinga jismonan tayyor emas edi


OFK kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
"Barchaga xayrli kech. Birinchi galda futbolchilarimga musobaqada borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizni tabriklayman. Guruhdan chiqqanimizdan xursandman. Endilikda oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Uchta uchrashuvda raqiblarimizga jiddiy munosabatda bo‘ldik. Yigitlar mas’uliyatni his qilgan holda o‘ynashdi. Bugungi raqibimiz tajribali jamoa edi. Ularning jismoniy jihatdan tayyor emasligini bilardik. Futbolchilar buni tushungan holda tezroq harakat qilishdi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdik. Yana bir bor hammaga rahmat", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Husayn Norchayev: 
- Bugun o‘yin nazoratimizda bo‘ldi. "Oltin Asr" tajribaliroq jamoa edi. Shuni bilgan holda harakatlarimizga tezlik qo‘shishga intildik. Birinchi bo‘limda ikkita gol urib ishimizni yanada osonlashtirib oldik. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni jamoamiz to‘liq bajardi. Guruhdan chiqqanimiz bilan barchani tabriklab qolaman.

- "Nasaf" ishtirokidagi o‘yinlarda qiziq holat bo‘ldiki, jamoa barcha gollarni faqat bitta taymda urdi. Ikkita bahsda uchrashuvning dastlabki qismida hisobda oldinga chiqib olgach bo‘shash holati kuzatilgani nimaga bog‘liq?
- Qaysidir pallada o‘yinni kuchaytirish kerak bo‘lsa, kuchaytiramiz. Bo‘shashish ruhiyat bilan bog‘liq. Birinchi turda dastlabki bo‘limda gol urishni uddasidan chiqa olmagandik. Oxirgi ikki o‘yinda esa birinchi bo‘limda gol urib oldik. Bu haqida futbolchilarga ko‘rsatmalar berilgandi. Ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz uqtirildi. Biroq nima uchundir ko‘proq natijani saqlab qolishga o‘ynashdi.

- "Nasaf" uchta o‘yinda 9 ochko jamg‘ardi va 9ta gol urdi. Muvaffaqiyat siri nimada?
- Ushbu turnirga futbolchilarimizni birlashtirgan holda yaxshi tayyorlash talab qilinardi. Shogirdlarimga musobaqaga jiddiy ruhda yondoshishgani uchun rahmat aytaman. Darajamiz biroz bo‘lsada yuqori ekanligini bilib turgandik. Faqat buni maydonda ko‘rsatishimiz kerak edi, xolos.

- Agarda OCHLda ham ishtirok etganinglarda shunday natija qayd eta olarmidinglar?
- OCHL va OFK o‘rtasidagi darajada farq katta. Nima bo‘lganda ham o‘z o‘yinimizdan tashqariga chiqmasdik. OCHLda futbolchilar, jamoalarning saviyasi katta. U yerda bunday oson o‘yinlar bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Raqib bu o‘yinga jismonan tayyor emas edi