18:33 / 22.05.2021
1 796

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida oltin medallarni maqsad qilgan. Terma jamoa murabbiyi fikrlari qanday?


24-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov tayyorgarlik jarayoni va oldinga qo‘yilgan maqsadlar haqida fikr bildirib o‘tdi.

"Bizning bokschilarimiz Osiyo chempionatidan oldin oxirgi tayyorgarlik sifatida Sankt-Peterburg shahrida nufuzli "Gubernator kubogi" xalqaro turnirida ishtirok etdi. Shundan so‘ng, mashg‘ulotlarni Toshkentdagi Yangiobod bazasida o‘tkazdik va Osiyo chempionati biz uchun Olimpiya o‘yinlari oldidan eng so‘ngi imtihon vazifasini bajarib beradi.

Musobaqadan so‘ng, yana bazamizga qaytib, 10 kunlik tiklanish jarayonida bo‘lamiz. Eng so‘nggi yig‘in va Olimpiadada ishtirok etish uchun 6 iyulda Yaponiyaga jo‘nab ketamiz. Barchasi O‘zbekiston boks federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Prezidentimiz yaqinda boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar va bu sport turiga yildan yilga e’tibor oshib bormoqda. Boks shaxsan Prezidentimiz tomonidan e’tirof etilishi bizga ikki karra mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekistonda boks bilan shug‘ullanuvchilar soni ortib bormoqda. Kelajakda ham hozirgi yuqori natijalarni va obro‘-e’tiborni saqlab qolishga harakat qilamiz", - deydi Marat Galiyevich.

Bu safar musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston eng kuchli charm qo‘lqop ustalari bilan jo‘nab ketdi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Ular bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Osiyo chempioni (2019 yil).
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – 2 karra Osiyo chempionati (2013, 2015 yillar) va Osiyo o‘yinlari (2014 yil) kumush medalchisi, jahon chempioni (2019 yil), Olimpiada chempioni (2016 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritgan.
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Osiyo o‘yinlari chempioni (2018 yil), Osiyo va jahon chempioni (2019 yil). Tokio Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
-60 kg: Abdumalik Halakov – Yoshlar o‘rtasida Osiyo, jahon va Olimpiada chempioni (barchasi 2018 yilda).
-64 kg: Elnur Abduraimov – Osiyo chempioni (2017 yil), jahon chempionati bronza medali sohibi (2015 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov – Osiyo o‘yinlari (2018 yil) va Osiyo chempioni (2019 yil), jahon chempionati bronza medali egasi (2019 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori.
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Jahon chempionati kumush medalchisi (2019 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
-91 kg: Sanjar Tursunov – Osiyo chempionati kumush (2019 yil), jahon chempionati bronza medali sohibi (2017 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
+91kg: Bahodir Jalolov – Osiyo va jahon chempioni (2019 yil). Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz Osiyo chempionatida oltin medallarni maqsad qilgan. Terma jamoa murabbiyi fikrlari qanday?