15:02 / 23.05.2021
1 918

"Real" va "Barselona" Ispaniya Superkubogida to‘qnash keladi


"Real", "Barselona", "Atletiko" va "Atletik" 2022 yilgi Ispaniya Superkubogida ishtirok etadi. "Atletiko" Ispaniya chempioni sifatida, "Barselona" esa mamlakat kubogi sohibi sifatida ishtirok etsa, La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Real" va kubok finaliga chiqqan "Atletik" ham mazkur musobaqadan o‘rin oladi.

Reglamentga muvofiq mamlakat chempioni Superkubok yarim finalida kubok finalchisiga qarshi bahs olib boradi. Ispaniya kubogi g‘olibi esa La Ligada 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Ya’ni, "Atletiko" jamoasi Bilbaoning "Atletik" klubi bilan, "Barselona" esa "Real" bilan Superkubok finali yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Ispaniya Superkubogi 2022 yil yanvar oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Yangi formatdagi Superkubok turniri hozirga qalar ikki marta o‘tkazilgan va unda "Real" hamda "Atletik" g‘olib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" va "Barselona" Ispaniya Superkubogida to‘qnash keladi