19:36 / 23.05.2021
1 717

O‘zbekiston – Avstraliya o‘yini 30 daqiqadan uchta taymga bo‘lib o‘tkaziladi

O‘zbekiston – Avstraliya o‘yini 30 daqiqadan uchta taymga bo‘lib o‘tkaziladi

O‘zbekiston milliy jamoasi 29 may kuni Dubayda Avstraliya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu o‘yin tomonlarning kelishuviga ko‘ra noodatiy formatda o‘tkaziladi. Ya’ni jamoalar 30 daqiqadan uchta taym o‘tkazadi.

Tribuna.uz bilan suhbatda Vadim Abramov buning sababini tushuntirdi: «Avstraliya murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda 30 daqiqadan uchta taym o‘ynaydigan bo‘ldik. Avstraliya va imkon qadar biz ham taymlarda har xil tarkibda o‘ynashga harakat qilamiz. Shunda raqobatdagi futbolchilarning qanday holatda ekanini bilib olamiz. Shu o‘rinda vaziyatga professional yondashgan avstraliyalik hamkasblarga rahmat aytish kerak», deydi Abramov.

O‘zbekiston hamda Avstraliya milliy jamoasi oxirgi marta 2019 yilgi Osiyo Kubogi chorak finalida to‘qnash kelgandi. Asosiy vaqtida hisob ochilmagan o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘lgan va unda avstraliyaliklarning qo‘li baland kelgandi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi Avstraliyaga qarshi 4 marta maydonga tushgan va har safar mag‘lub bo‘lgan. O‘zbekiston Avstraliya darvozasiga birorta gol ham urmagan.

Dubayda o‘tadigan uchrashuvda ham bu statistika o‘zgarmasligi aniq, chunki u o‘rtoqlik o‘yini sifatida ro‘yxatga olinmaydi va sinov o‘yini tariqasida o‘tadi. Bu o‘yin uchun reyting ochkolari berilmaydi, shu sabab jamoalar o‘ziga xos ekspriment qilishga qaror qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston – Avstraliya o‘yini 30 daqiqadan uchta taymga bo‘lib o‘tkaziladi