23:47 / 23.05.2021
4 062

Italiyaliklar O‘zbekistondan Shomurodovga o‘xshagan yana bir juft futbolchini kutmoqda!


Yaxshi futbolchi o‘z mamlakatining futbol salohiyatini jonli tarzda reklama qiladi, degan gapga qo‘shilmay ilojimiz yo‘q. Eldor Shomurodovning Italiyadagi muvaffaqiyati xorijlik mutaxassislar va muxlislar e’tiborini O‘zbekistonga qaratishiga shubha yo‘q edi.

Eldorning A Seriyadagi debyut mavsumini juda yaxshi o‘tkazdi. U tezkorlik, kurashuvchanlik, bosh bilan yaxshi o‘ynash, aniq pas oshirish, dribling, himoyachilarga yordam berish kabi professional mahoratidan tashqari, mehnatkashlik, kamtarlik, samimiylik, intiluvchanlik kabi insoniy fazilatlari bilan ham genuyaliklarning mehrini qozondi.

Legionerimiz chempionatning so‘nggi uchrashuvida “Kalyari” darvozasini ham ishg‘ol qilib, A Seriya o‘yinlarini yuqori notada yakunladi. Ushbu bahsdan keyin “Jenoa” muxlislari klubning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida Shomurodov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Giusi Vernoccoli: Eldor oxirgi oltita o‘yinda beshta gol urdi. Kelasi mavsumga asosiy hujumchi masalasi hal bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘zbek hujumchisi mavsum oxiriga kelib, fantastik formaga kirib oldi va bu holatini ushlab qolsa, keyingi chempionatda yangi yulduzimiz bo‘ladi.

Titta Cerrone: Shomurodov katta tezlikda zo‘r o‘ynar ekan. Klavanning fonida 100 metrga yuguruvchi tezkor yengil atletikachiday ko‘rindi. Eldor qarshi hujum taktikasiga juda mos tushadigan hujumchidir.

Gianni Tammaro: Esingizda bo‘lsa, ko‘pchilik uzoq mamlakatdan o‘yinchi olganimizda hayratlangan edi. Hamma O‘zbekistonda futbol yo‘q derdi. Ana endi, O‘zbekistondan yana bir juft futbolchi olishimiz kerak bo‘lyapti. U yerda Shomurodovga o‘xshagan iste’dodlar ko‘pligiga aminman!

Domenico Cummero: Shomurodovning har bir golidan keyin Janluka Skamakkani olib qolish ishtiyoqi pasayib bormoqda. Eldor to‘liq o‘ynamagan debyut mavsumida 8 ta gol urdi. Skamakka ham o‘zi moslashgan chempionatda shuncha to‘p kiritdi. Shu holatda ham Skamakka uchun katta pul talab qilishadi. Shomurodov esa o‘zimizning futbolchi hisoblanadi.

Ernesto Ciccone: Mavsumni bunaqa yakuniga qarab, “Yuventus” Shomurodovni sotib olsa, umuman hayron bo‘lmayman. O‘zbek hozir eng zo‘ri!

Stefano Savino: Shomurodov hozir hammani hayratga solmoqda. Deyarli har bir o‘yinda gol uryapti. Asosiysi, Kshishtof Pyontekka o‘xshab, iqtidorini yo‘qotib qo‘ymasa bo‘ldi.

Pasquale Iovine: Eldor sakkizta gol urdi. Aslida ko‘proq to‘p kiritishi mumkin edi. Agar jarohatlar xalaqit qilmaganida va murabbiylar darrov ishonch bildirganida 15 tagacha gol urishi mumkin edi. Har holda Rossiyadan yaxshi saviyadagi hujumchi olindi.

Alessandro Grieco: Shomurodov seleksiyamizning eng yomon xarididan ajoyib muvaffaqiyatgacha bo‘lgan katta bosqichni bosib o‘tdi. Dastlabki 26 ta uchrashuvda u atigi 3 ta gol urgandi. Keyinchalik oltita bahsda beshta to‘p kiritdi. Gol urishni oldinroq boshlaganida bormi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyaliklar O‘zbekistondan Shomurodovga o‘xshagan yana bir juft futbolchini kutmoqda!