16:48 / 24.05.2021
1 834

Robert Levandovski Yevropa «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi. U Messi va Ronalduni ortda qoldirdi


Foto: Twitter
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Yevropada mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.m32 yoshli polshalik futbolchi Bundesliga 2020/21 yilgi mavsumidagi 29 o‘yinda 41 ta gol urgan holda «Oltin butsa»ga ega chiqdi. Robert bu natijaga ilk bor erishdi.

Levandovski «Barselona» forvardi Lionel Messi (35 o‘yinda 30 ta gol) va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni (33 o‘yinda 29 ta gol) ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Germaniya chempionatida mavsum davomida 34 ta tur o‘tkaziladi, La Liga va A Seriyada esa — 38 ta. Avvalroq Levandovski Bundesliga bir mavsumida eng ko‘p gol urish borasida Gerd Myullerning rekordini yangilagani xabar qilingandi.
2019/20 yilgi mavsumda «Latsio» vakili Chiro Immobile (36) ushbu sovringa ega chiqqandi.

Bu borada rekordchi Lionel Messi hisoblanadi, argentinalik futbolchi olti bor «Oltin butsa»ga ega chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Robert Levandovski Yevropa «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi. U Messi va Ronalduni ortda qoldirdi