11:16 / 25.05.2021
2 331

Usmon Toshev jamoasi Iroq bilan bellashdi. "Bunyodkor" va "Navbahor" futbolchilariga to‘liq imkoniyat berildi


Jahon chempionati saralash bahslariga Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston milliy terma jamoasi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu yo‘lda o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgandi. Tojikistonliklar Basra shahrida Iroq termasi bilan kuch sinashdi. Ushbu to‘qnashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0.

“Bunyodkor” himoyachisi Davron Ergashev hamda “Navbahor” yarim himoyachisi Exsoni Panshanbe asosiy tarkibda maydonga tushirildi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazishdi. Endi Usmon Toshev bosh murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi 29 may kuni BAAning Sharja shahrida Tailandga qarshi maydonga tushadi.

Tojikiston terma jamoasi: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Davron Ergashev, Axtam Nazarov, Manuchexr Safarov, Abdulmo‘min Zabirov (Zoir Jo‘raboyev, 46), Muhammadjon Rahimov (Nuriddin Hamroqulov 59), Ehsoni Panshanbe, Komron Tursunov (Ilhom Barotov, 82), Sheriddin Boboyev, Rustam Soirov.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Usmon Toshev “Buxoro” klubida menejer sifatida ish boshlagan. U jahon chempionati saralash bahslaridan keyin Tojikistonni tark etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev jamoasi Iroq bilan bellashdi. "Bunyodkor" va "Navbahor" futbolchilariga to‘liq imkoniyat berildi