16:26 / 25.05.2021
1 760

Foto: Twitter Germaniya terma jamoasiga Yevro—2020 musobaqasidan so‘ng yangi bosh murabbiy keladi. Germaniya futbol ittifoqining xabar berishicha, 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya»ni boshqargan Hans-Diter Flik bilan kelishuvga erishilgan. U terma ja


Foto: Twitter
Germaniya terma jamoasiga Yevro—2020 musobaqasidan so‘ng yangi bosh murabbiy keladi.

Germaniya futbol ittifoqining xabar berishicha, 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya»ni boshqargan Hans-Diter Flik bilan kelishuvga erishilgan. U terma jamoada Yoaxim Lyovning o‘rnini egallaydi. 56 yoshli mutaxassis bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Avvalroq Flikning «Bavariya»ni tark etishi va uning o‘rnini Yulian Nagelsmann egallashi ma’lum qilingandi.

Flik Myunxen klubida 2019 yilda ish boshlagan, o‘shanda u Niko Kovachning o‘rnini egallagandi. Bu vaqt ichida Flik klub bilan Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati kabi musobaqalarda zafar quchdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Foto: Twitter Germaniya terma jamoasiga Yevro—2020 musobaqasidan so‘ng yangi bosh murabbiy keladi. Germaniya futbol ittifoqining xabar berishicha, 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya»ni boshqargan Hans-Diter Flik bilan kelishuvga erishilgan. U terma ja