17:46 / 25.05.2021
2 573

Eldor Shomurodov "La Gazette dello Sport" talqini bo‘yicha eng yaxshilar qatoridan o‘rin oldi


Italiya sportga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari orasida, umuman, dunyo sportida yuqori nufuzga ega hisoblanadigan "La Gazette dello Sport" jurnali A Seriya joriy mavsumining eng foydali 100 futbolchisini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni "Inter" bilan chempionlikni tantana qilgan Romelu Lukaku band etdi. Ikkinchi o‘rinda "Milan" sardori Frank Kessi, 3-pog‘onada esa "Yuve" superyulduzi Krishtianu Ronaldu qayd etilgan.

E’tiborlisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham ushbu 100 futbolchi qatorida e’tirof etilgan. "Shoma" 5,94 ball bilan 85-o‘rinda qayd etilgan.

"Jenoa" futbolchilaridan Davide Zappakosta (30-o‘rin), Mattia Destro (46-o‘rin), Mattia Perin (72-o‘rin), Janluka Skamakka (84-o‘rin) va Milan Badel (97-o‘rin) ham top-100 dan joy egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov "La Gazette dello Sport" talqini bo‘yicha eng yaxshilar qatoridan o‘rin oldi