13:13 / 26.05.2021
2 380

"Barselona" yangilanish arafasida!


"Barselona" darvozabon pozitsiyasini yangilamoqchi. Kataloniyaliklar "Milan" posboni Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Barsa"ning ayni damdagi asosiy darvozaboni Mark-Andre jamoani tark etadi. "Borussiya" Dortmund Ter Shtegenni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

"Barselona" Donnarumma uchun kurashda "Yuventus"ni ortda qoldirmoqda. Italiyalik posbonning agenti Mino Rayola ham mijozini La Ligaga olib kelmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Janluiji 37ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol o‘tkazib yuborgan va 14ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" yangilanish arafasida!