19:58 / 26.05.2021
2 960

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Turkmaniston bilan o‘ynaydi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26 may, chorshanba kuni Turkmanistonga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘yin Turkmanistonning taklifiga binoan barcha uchun to‘liq yopiq tarzda o‘tadi. Uchrashuvga faqat ikki tomonning rasmiylari kiritiladi. Uchrashuv borasida boshqa ma’lumot taqdim etilmagan, uning qachon va qayerda o‘tkazilishi noma’lum.

Vadim Abramov shogirdlari 20 may kuni Toshkentda yig‘in boshlagandi. 28 may kuni terma jamoa delegatsiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Shundan keyin Abramov shogirdlari Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Markazlashtirilgan tizimda o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoni (15 iyun) bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Turkmaniston bilan o‘ynaydi