08:38 / 27.05.2021
1 846

22 ta penalti tepilgan finalda MYU mag‘lub bo‘ldi


Yevropa Ligasi finalida Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi Angliyaning «Manchester Yunayted» klubini mag‘lub etdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti Jerar Moreno va Edinson Kavanining goli hisobiga durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol kiritilmadi. Jamoalarning barcha futbolchilari tepishga majbur bo‘lgan penaltilar seriyasida so‘nggi zarbada MYU darvozaboni De Xea adashdi va g‘alaba qo‘ldan ketdi. Uning xatosigacha «Vilyarreal» darvozaboni gol urishni uddalagandi.
Ushbu g‘alaba orqali «Vilyarreal» YECHLga yo‘llanma oldi.

Yevropa Ligasi. Final
Vilyarreal — Manchester Yunayted 1:1
Gollar:
Moreno (29) — Kavani (55).
Penaltilar seriyasi — 11:10.
26 may. Gdansk. «PGE Arena»
Penaltilar seriyasi: J.Moreno (1:0), Mata (1:1), Raba (2:1), Telles (2:2), Alkaser (3:2), Fernandesh (3:3), A.Moreno (4:3), Reshford (4:4), Parexo (5:4), Kavani (5:5), Gomes (6:5), Fred (6:6), Albiol (7:6), Jeyms (7:7), Koklen (8:7), Shou (8:8), Gaspar (9:8), Tuanzebe (9:9), Torres (10:9), Lindelyof (10:10), Ruli (11:10), De Xea (11:10, darvozabon).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Gaspar, 88), Pau Torres, Albiol, Pedrasa (A.Moreno, 88), Parexo, Pino (Alkaser, 77), Trigeros (Moi Gomes, 77), Kapu (Raba, 120+3), Bakka (Koklen, 60), J.Moreno.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Telles, 120+3), Shou, Bayi (Tuanzebe, 116), Lindelyof, Fernandesh, Pogba (Jeyms, 116), Maktominey (Mata, 120+3), Kavani, Grinvud (Fred, 100), Reshford.
Ogohlantirishlar: Kapu (54), Bayi (82), Foyt (84), Kavani (113).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 22 ta penalti tepilgan finalda MYU mag‘lub bo‘ldi