20:23 / 27.05.2021
2 279

Shohjahon Ergashev prof boksdagi 20-jangini Toshkentda o‘tkazadi


Foto: Instagram
Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) 11 iyun kuni Toshkentda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Toshkentdagi «Universal» sport majmuasida tashkil etiladigan musobaqaning asosiy jangi Shohjahon Ergashev va Robert Kuaye (19-0, 16 KO) o‘rtasida kechadi.

Boks oqshomi Ergashevning tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Unda yana kamida 7 ta jang o‘tkaziladi, deya xabar qilmoqda «Olamsport».

Ganalik Robert Kuaye professional faoliyati mobaynida 19 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (16 ta nokaut). Bu Kuaye uchun chet elda o‘tkazilgan ilk jang bo‘ladi, bunga qadar bokschi faqat Ganada jang qilgan.

Ergashev so‘nggi jangini 2020 yilning noyabrida belaruslik Dmitriy Milyushaga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev prof boksdagi 20-jangini Toshkentda o‘tkazadi