11:00 / 29.05.2021
963

UEFA mehmondagi gol qoidasini butunlay bekor qilmoqchi

UEFA mehmondagi gol qoidasini butunlay bekor qilmoqchi

So‘nggi xabarlarga qaraganda, UEFA o‘zi o‘tkazadigan musobaqalarda safardagi gol qoidasini butunlay bekor qilishi mumkin.
Ushbu masala UYEFA klublar musobaqalarini tashkil etish qo‘mitasining 28 may kungi yig‘ilishida muhokama qilindi. Qo‘mita a’zolari mehmonda urilgan gol qoidasini bekor qilishga qaror qilishdi.

Endi ushbu qaror kuchga kirishi uchun UEFA ijroiya qo‘mitasining roziligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, mehmondagi gol qoidasi 56 yildan beri mavjud. Unga ko‘ra, Yevropa musobaqasidagi ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilikda hisob teng bo‘lsa, safarda ko‘proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » UEFA mehmondagi gol qoidasini butunlay bekor qilmoqchi